Biz haqimizda

Quvnoq Attraction haqida

2014-yildan buyon Xitoydan to'g'ridan-to'g'ri olib kelingan sifatli bolalar attraksionlari va ko'ngilochar uskunalarni import qilamiz va sotamiz.

Biz kimmiz

Quvnoq Attraction — 2014-yilda Toshkent shahrida tashkil etilgan o'zbek kompaniyasi. Tashkil topgan kundan boshlab biz Xitoydan to'g'ridan-to'g'ri olib kelingan sifatli bolalar attraksionlari va ko'ngilochar uskunalarni import qilish va sotish bilan shug'ullanamiz.

Biz faqat ishonchli va mashhur xitoylik ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qilamiz — ular mahsulot sifatiga to'liq kafolat beradi. Shu sababli mahsulotlarimiz mustahkamligi, xavfsizligi va jozibali dizayni bilan ajralib turadi. Biz butun dunyo bo'ylab talab yuqori bo'lgan, vaqt sinovidan o'tgan mahsulotlarni taklif qilamiz.

10+
yillik tajriba
20 000+
mamnun mijoz
32 000+
yetkazilgan attraksion
Quvnoq Attraction boks apparatlari
Quvnoq Attraction mahsulotlari

10 yillik muvaffaqiyatli faoliyat davomida Quvnoq Attraction 20 000 dan ortiq mijozga xizmat ko'rsatdi va 32 000 dan ortiq attraksionni O'zbekiston va undan tashqariga yetkazib berdi. Biz nafaqat respublika ichida, balki eksport va import faoliyatimiz orqali xalqaro bozorda ham muvaffaqiyatli ishlayapmiz.

Biz bolalar uchun yorqin, xavfsiz va quvonchli dam olish joylarini yaratishga hissa qo'shayotganimizdan faxrlanamiz. Maqsadimiz — sifatli bolalar ko'ngilochar mahsulotlarini har bir mijoz uchun mavjud qilish.

Asosiy mahsulotlarimiz

  • Bolalar uchun elektr mashinalar
  • Har xil mini-attraksionlar
  • O'yin va ko'ngilochar uskunalar
  • Bog'lar va dam olish maskanlari uchun qo'shimcha jihozlar

Bizning missiyamiz

Mijozlarimizga ishonchli, global miqyosda raqobatbardosh va yuqori sifatli ko'ngilochar attraksionlarni taqdim etish.

Bizning vizyonimiz

Xitoyning eng mashhur va yuqori sifatli kompaniyalaridan olingan zamonaviy va qiziqarli attraksionlar orqali ishonchli xizmat ko'rsatish, Markaziy Osiyo va O'zbekistonning har bir burchagidagi mijozlarimizga quvonch ulashish.

Qadriyatlarimiz

Biz kompaniyamiz va mijozlar o'rtasida ishonch shakllantirishga intilamiz, barcha faoliyatimizda halollik, xalqaro sifat va xavfsizlikni ustuvor deb bilamiz.

Halollik

Ochiq narxlar, real hisob-kitob va berilgan va'daning ustidan chiqish.

Mukammallik

Xalqaro sifat talablariga javob beradigan, vaqt sinovidan o'tgan mahsulotlar.

Avvalo xavfsizlik

Mustahkam konstruksiya va bolalar xavfsizligi har bir apparatda birinchi o'rinda.

Keling, Quvnoq Attraction bilan birga quvonch ulashaylik — har bir bola quvonsin!

Bizga ishonch bildirgan brendlar

Savdo markazlari, restoran tarmoqlari va ko'ngilochar markazlar o'z mehmonlari uchun atraksionlarni bizdan oladi.

  • Tashkent City Mall
  • EVOS
  • Bellissimo Pizza
  • High Town Mall
  • Compass
  • Megaplanet
  • Apex Pizza
  • Ark Buloq
  • Penta Zone
  • Golden Life
Rasmiy kompaniya

Davlat ro'yxatidan o'tgan yuridik shaxs

Biz bilan rasmiy shartnoma asosida ishlaysiz: hujjatlar, hisob-faktura va kafolat — barchasi qonuniy.

Yuridik shaxsni davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnoma

To'liq nomi
“QUVNOQ ATRAKSIONLAR ISHONCH VA SIFAT” MCHJ
STIR
310 819 889
Tashkiliy-huquqiy shakli
Mas'uliyati cheklangan jamiyat
Ro'yxatdan o'tgan sana
29.09.2023
Guvohnoma raqami
2276932
Yuridik manzil
Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Tashisti MFY, Abay Kunanbayev ko'chasi, 50-uy
Bergan organ
Yashnobod tumani Davlat xizmatlari markazi
Bog'lanish

Bepul maslahat oling

Raqamingizni qoldiring — 15 daqiqa ichida qo'ng'iroq qilib, joyingiz uchun mos apparat va o'zini oqlash muddatini hisoblab beramiz.

Yuborish orqali siz bilan bog'lanishimizga rozilik bildirasiz.

Biz haqimizda — Quvnoq Atraksionlar | Quvnoq Atraksionlar